Deputat – xalq bilan birga

11 noyabr-O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onidagi “Ishga marhamat” mono markazida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi, Halq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati Suxrob Rafikov ishtirok etib, Samarqand shahar 6-Mehrobod saylov okrugidagi “Darg‘om”, “Madaniyat”, “Nurafshon”, “Nurli kelajak”, “Chorbog‘” hamda “Shukrona”mahallalarining raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari yoshlar yetakchilari hamda “Ishga marhamat monomarkazi” xodimlari va tinglovchilar bilan muloqot qildi.

Uchrashuv davomida Suxrob Rafikov mamlakatimizda Inson qadri tamoyili asosida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma’naviy soxalarda olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlar xususida to‘xtaldi.

Ta’kidlanganidek qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, axoliga yaratilayotgan imkoniyatlar oz emas. Jamiyatda ayollar mavqeini oshirish, ularning hayotiy muammolarini hal etishda “Ayollar daftari”ning o‘rni beqiyos bo‘lmoqda. Ayni chog‘da 3-bosqichi yakunlanib va joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi boshlanishi munosabati bilan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek 11 noyabr-O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Samarqand shahar 6-Mehrobod saylov okrugidagi mahallalar o‘rtasida sport musobaqlar hamda kitobhonlik tanlovi o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib olindi.

Shundan so‘ng deputat tomonidan, mahallalar faollari va aholi murojaatlari tinglandi.

O‘tkazilgan uchrashuvda 10 dan ortiq muammoli masala ko‘tarildi va ijrosi nazoratga olindi.

Print Friendly, PDF & Email