Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan Urgut tumani Erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov, viloyat kengashi mutaxassislari, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat kengashi raislari, Urgut tumani hokimi o‘rinbosari, Erkin iqtisodiy zona mas’ullari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda, mutaxassislar tomonidan tadbirkorlarga kasaba uyushmalarining avfzalliklari, kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish xodimlarga qanday imkoniyatlar berishi, xodimlarga munosib mehnat sharoitlar yaratish, sanatoriyalarda dam oldirish, farzandlarini yozgi oromgohlarda dam oldirish, sayohtlarga yuborish, huquqiy yordam, mehnat muxofazasi bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi. Tadbirklolar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

Print Friendly, PDF & Email