URGUTDA SPORT TADBIRI O’TKAZILDI

2023 yilning 21 avgust kuni Urgut ixtisoslashtirilgan maktab sport majmuasida O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan ta`lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Urgut tuman bo`linmasi Kengashi boshlang`ich tashkilotlari xodimlari o`rtasida sportning minifutbol, voleybol, shaxmat, shashka turlari bo`yicha «Salomatlik sari» spartakiadasi bo`lib o`tdi.

Minifutbolda 9-maktabning erkaklar jamoasi, volyebolda 7-maktabning ayollar jamoasi, shaxmatda 109-maktab o`qituvchisi O`sarov Muzaffar, shashkada 10-maktab o`qituvchisi Zohidova Shaydolar g`oliblikni qo`lga kiritdilar.

Spartakiadaning sovrinli o`rin sohiblariga tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi hamda tuman Kengashining faxriy yorliq hamda esdalik sovg`alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email