25 OKTYABR – “ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI”

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengashi jamoasi ko‘p ming sonli, ko‘p millatli  kasaba uyushmasi a’zolari nomidan 25 – oktyabr “Ichki ishlar xodimlari kuni” munosabati bilan soha xodimlarini kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilayotgan ichki ishlar xodimlarining jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasidagi mashaqqatli xizmatlari alohida e’tirofga loyiq.

Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, xonadoningizga qut-baraka, sermashaqqat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

 Hurmat bilan,

Suxrob Rafikov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati.

Print Friendly, PDF & Email