Viloyat Kengashi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan o‘tgan davr mobaynida murojaatlar ijrosi bo‘yicha
MA’LUMOT
2020-2024 yillar va 2025 yil 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning 1705 ta murojaat ro‘yxatga olingan bo‘lib, tegishli tartibda ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning 228 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga pm.gov.uz orqali yo‘llangan, 270 tasi viloyat kengashiga fuqarolardan bevosita qabul qilingan yozma shakldagi murojaatlar, 291 tasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining onlayn tizimi orqali kelib tushgan, 134 tasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari bo‘yicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center) orqali qabul qilingan murojaatlar, 779 tasi Samarqand viloyat hokimligining sayyor qabullarida yuborilgan murojaatlardir.
Murojaatlarning 322 tasi huquqiy himoya, 12 tasi ishga tiklash, 213 tasi ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish, 14 tasi ish haqi va boshqa to‘lovlarni undirish, 9 tasi mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, 22 tasi mehnat muxofazasi, 15 tasi kasaba uyushmalari tashkiliy-huquqiy faoliyati masalalarida, 217 tasi sog‘lomlashtirish, 424 tasi moddiy yordam, 46 tasi ijtimoiy mehnat munosabatlariga oid boshqa masala va 411 tasi kasaba uyushmalari vakolatiga oid bo‘lmagan masalalarga to‘g‘ri keladi.
Tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinganda Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari 177 ta, Agrosanoat majmui xodimlari 54 ta, Sog‘liqni saqlash xodimlari 225 ta, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari 96 ta, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish xodimlari 32 ta, Madaniyat, sport va turizm xodimlari 11 ta, Aviatsiya 2 ta, Axborot-kommunikatsiya 1 ta, Kimyo va farmasevtika sanoati 1 ta, Energetika, neft-gaz va geologiya 8 ta, Temiryo‘lchilar 1 ta, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi 15 ta, Metallurgiya va mashinasozlik 14 ta va kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lmaganlardan 1068 ta murojaat qabul qilingan.
Kasaba ushmasiga kelib tushgan 1705 ta murojaatlarning 846 tasi qanoatlantirilgan, 830 tasiga tegishli tushuntirishlar berilgan, 27 tasi tegishliligiga ko‘ra boshqa organlarga yuborilgan va 2 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan.
Hisobot davrida tizimda korrupsiya holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushmagan.