Kengash haqida
Kengash
Kengash, shuningdek, taftish komissiyasi a’zolarini hamda raislarini saylash, hududdagi kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri vakil yо‘llash usulida Kengash tarkibiga saylangan vakillarning vakolatini tasdiklash;
- Kengash va taftish komissiyasining faoliyatlari tо‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash, ularni baholash (tasdiqlash);
- Kengashning uzoq muddatga mо‘ljallangan dasturiy hujjatlarini qabul kilish, ularga о‘zgartirish va qо‘shimchalar kiritish;
- belgilangan tartibda va vakillik meyoriga muvofiq Federatsiya Qurultoyiga delegatlarni, Federatsiya Bosh kengashi tarkibiga vakillarini saylash, ularni chaqirib olish;
- Federatsiya Ustavi va mazkur Nizomga zid kelmaydigan boshqa masalalarni hal etish kiradi.
- Kengash konferensiyalar oraligida rahbar organ bо‘lib, 5 yil muddatga saylanadi.
- Kengash bevosita konferensiyada saylash yoki belgilangan meyorga muvofiq uning tarkibiga kasaba uyushmalari tashkilotlaridan vakil yо‘llash prinsipi bо‘yicha shakllantiriladi.
- Federatsiya raisi taklif etgan kо‘pi bilan ikki nafar nomzodlar tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri Kengash a’zoligiga kiritiladi.
- Kengash majlisi Kengashning Ijroiya qо‘mitasi qaroriga muvofiq zaruratga karab, lekin har yili kamida bir marotaba о‘tkaziladi.
Kengashning Vazifalari va Majburiyatlari
Hududdagi kasaba uyushmalari tashkilotlarining kasaba uyushmalari a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy huquk va manfaatlarini himoya qilish borasidagi say-harakatlarini birlashtiradi va faoliyatlarini muvofiqlashtirib boradi;
- davlat organlarida kasaba uyushmalari tashkilotlari va a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi;
- mehnat, bandlik, maishiy turmush, sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy va sport ishlari, shuningdek boshqa masalalar bо‘yicha tegishli idoralarga takliflar kiritadi hamda ularning hayotga tatbiq etilishiga erishadi;
- aholining turli guruhlari va qatlamlari turmush darajasini о‘rganadi, aholi daromadlari va xalq iste’mol mollari hamda xizmatlar narxining о‘sish indeksi nisbatini tartibga solish bо‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
- hududda ijtimoiy-iqtisodiy infrastrukturani rivojlantirish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi;
qonunchilikka asosan hamda Federatsiya tomonidan belgilangan tartibda xayriya va homiylik faoliyatini amalga oshiradi;
-о‘z tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va rahbarlik qiladi;
- umumiy maqsadlar yо‘lida Federatsiyaga a’zo tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
- moliyalashtirish Federatsiya tomonidan amalga oshirilgan hollarda Federatsiya Ijroiya qо‘mitasi tomonidan ma’qullangan kasaba uyushmasi byudjetining tegishli qismini boshqaradi hamda ishlab chiqarish, xо‘jalik va qonun bilan ruxsat etilgan boshka faoliyatdan tushadigan mablaglarni Federatsiya Ijroiya qо‘mitasi bilan kelishgan holda samarali va maqsadli sarflanishini ta’minlaydi;
- Federatsiya Ijroiya qо‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ijtimoiy sug‘urta byudjeti bо‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
- Konferensiyalar oralig‘ida Kengash raisini saylaydi va vazifasidan ozod etadi, Kengash tarkibiga kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan yangi vakil etilganlarning vakolatlarini tasdiqlaydi, Kengash a’zolari tarkibini tо‘ldirib boradi;
- konferensiyalar oraligida Federatsiya Bosh kengashi tarkibidagi о‘z vakillarini chaqirtirib oladi va ularning о‘rniga boshqa vakillarini saylaydi;
- Kengash tarkibidan chiqqan yoki chiqarilgan a’zolarni о‘z tarkibidan chiqaradi;
- Kengashning Ijroiya qо‘mitasi tarkibini saylaydi;
- Kengashning Ijroiya qо‘mitasi hisobotini tinglaydi, kasaba uyushmalari tashkilotlari о‘rtasida yuzaga kelgan kasaba uyushmalari faoliyatiga doir nizolarni kо‘rib chiqadi;
- zarurat tug‘ilganda kasaba uyushmalari faoliyatining turli yо‘nalishlari bо‘yicha komissiyalar tuzadi; Federatsiyaning rahbar organlari tomonidan qabul qilgan qarorlarning ijrosini ta’minlaydi;
- Kengashning konferensiyasini chaqiradi, kun tartibini taklif etadi, delegatlarni saylash tartibi hamda meyorini belgilaydi;
- Federatsiya tomonidan belgilangan tartibda mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish bо‘yicha meyoriy hujjatlar qabul qiladi;
- Federatsiyaning Ustavi va mazkur Nizomga zid bо‘lmagan boshqa masalalarni hal etadi.
- Kengash kasaba uyushmalari tashkilotlarining kasaba uyushmasi byudjeti bо‘yicha moliyaviy faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, shuningdek rahbar organlari qarorlarining bajarilishini nazorat qilish doirasida ushbu masalada ularning faoliyatini о‘rganishi hamda masalani Kengash yoki Kengashning Ijroiya qо‘mitasi muhokamasiga kiritishi mumkin.
- Kengash ijtimoiy soliq tushumlari va kasaba uyushmasi byudjetlari bо‘yicha mablag‘larning tо‘liq tushishi va maqsadli sarflanishini hamda Federatsiyaga ajratmalar о‘z vaqtida va tо‘la hajmda о‘tkazilishini ta’minlaydi, byudjet ijrosi bо‘yicha hisobotlarni taqdim etadi.