«Ishoncn» va «Ishoncn-Doveriye» gazetalari tahririya¬¬ti bosh muxarriri bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi

Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida tashkillashtirilgan ushbu tadbirda Samarqand ijodkorlari, ziyolilari, kasaba uyushma faollari va gazeta mushtariylari qatnashdilar.

Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyaning Samarqand viloyat kengashi raisi Rafikov Suxrob Abdugafarovich ochib berarkan, gazetaning keyingi bir yillik faoliyatiga to‘xtaldi. U gazeta salohiyatini oshirish nafaqat ijodiy jamoa balki uning mushtariylariga ham bog‘liqligiga e’tibor qaratdi.

Tom ma’noda tahririyat buning uddasidan chiqib kelayapdi,-dedi. Xususan o‘zim har bir sonni sinchiklab o‘qiyman. Har bir maqolaga o‘z munosabatimni bildirishga intilaman.

“Ishonch”-“Ishonch-doveriye” gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov ijodiy hisobot taqdim etdi. Tahririyat rahbari qayd etganidek, gazetaning har bir chiqishida umum e’tirofga manzur maqolalar saralab olinishiga e’tibor qaratiladi.

Tanqidiy va tahliliy maqolalar, ko‘tarilgan masalalar yechimi, mutasaddilar munosabati muttasil yoritilmoqda. Mushtariylarga o‘zlarini qiynayotgan masalani ko‘tarib chiqishlari uchun keng yo‘l berilgan. Xususan, “Javobini kutayotgan savollar”, rukuni ostida berilayotgan maqolalarning mulliflari bevosita “Ishonch” mushtariylari sanalishadi. Gazetxonlar qalamga olayotgan muammoli masala shunchaki gazeta sahifalarida e’lon qilinibgina qolmasdan uning ijrosi bevosita tahririyat nazoratida. Tanqidiy chiqishlarning aksar qismi ijobiy yechim topgan bo‘lsada hali haqli savollarga javob berishdan o‘zlarini olib qochayotganlar ham bor.
Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, “Zarafshon”-“Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev axborot asrida bosma nashrlar oldida turgan muammolar, mushtariylar uchun fidoiylik ko‘rsatib izlanish olib borayotgan matbuotchilarning mashaqqatli va zalvorli mehnatini e’tirof etdi. Muloqot ishtirokchilariga o‘z mulohazalarini emin – erkin bildirish, gazeta sahifalari mazmunini boyitish borasidagi taklif va tavsiyalariga keng o‘rin berilayotganligi qayd etildi.

Har safar «Ishonch»ni varaqlaganimda turli mavzulardagi qiziqarli va o‘qishli maqolalarga ko‘zim tushadi, – dedi Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyaning Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari F.Qilichova.
Gʻoyat qizg‘in bahslar bilan davom etgan muloqotda kasaba uyushma faollari, mushtariylar gazetaning mazmun-mundarijasini boyitish va badiiy saviyasini yanada yaxshilash bo‘yicha jo‘yali takliflar bildirishdi.

Munozara, mulohaza va muloqot doirasida kasaba uyushmalari faoliyati, “Ishonch” sahifalaridagi e’tirofga doir maqomlariga oid topqirlik, bilimdonlik viktorinasi o‘ynaldi. Ushbu mavzularga bir lahzada to‘g‘ri javob bera olgan o‘n nafar g‘oliblarga tahririyatning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent shahar bo‘limi rahbari Husan Ermatov hamda uyushmaning Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Farmon Toshev o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish borasidagi memorandum imzolandi.

Print Friendly, PDF & Email