15 aprel - Madaniyat va san’at xodimlari kuni
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi ko‘p ming sonli, ko‘p millatli jamoasi nomidan 15 aprel - Madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan barcha soha xodimlarini samimiy muborakbod etamiz.
Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishda olib borayotgan ezgu ishlaringizda omad yor bo‘lsin. Sizlarga, sog‘lik-salomatlik, ijodingizga barkamollik tilaymiz.
Hurmat bilan,
Suxrob Rafikov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati.