8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kuni
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi ko‘p ming sonli, ko‘p millatli kasaba uyushmalari jamoasi nomidan bahor va nafosat bayrami 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar" kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga doimiy go‘zallik, baxt-saodat, oilangizga tinchlik tilaymiz. Doimo sog‘-omon bo‘ling. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni hech-qachon tark etmasin.
Hurmat bilan,
Suxrob Rafikov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati.