Sayt test rejimida

Yangi saylangan raislar bilan seminar o‘tkazildi.

7-Avgust, 2025-yil

O'zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiysaning Samarqand viloyat Kengashi

Hisobot saylovlar muqobillik asosida o‘tkazildi, boshlang‘ich tashkilotlarda o‘tkazilgan saylovlarda birinchi marta 787 nafar raislar saylandi.

Seminarda so‘zga chiqqan viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi, kasaba uyushmalarining asosiy maqsad va vazifalari, xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi roli hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, viloyat kengashi bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari raislari kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, imtiyozlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham so‘z yuritildi.

Mazkur tadbirda yoshlar bilan ochiq muloqot, tajriba almashish, kasaba uyushmalari faoliyatidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirigan taklif va mulohazalar kelgusidagi faoliyatni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan kasaba uyushmalari faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savolrga javoblar olishdi.

Uchrashuv so‘ngida yoshlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan Xorazm viloyatiga uch kunlik bepul sayohatga yuborildi.
 




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech