AYOLLAR TURIZIMI KUCHAYTIRILADI
Matbuot uyida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov ishtirokida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ichki turizmga jalb etish hamda bolalarni oromgohlarda sog‘lomlashtirish mavsumida kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida viloyat va respublika ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov Xotin-qizlarning muammolarini hal etish, hamda ichki turizmga jalb etish yuzasidan viloyat kasaba uyushmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Xususan kasaba uyushmalari tizimida turizmni rivojlantirishga qaratilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” dasturi doirasida jamoa shartnomalari va tarmoq kelishuvlariga kiritish orqali joriy yilning yanvar-iyul oylarida 13271 nafar, shundan 8878 nafari o‘z hududlaridagi diqqatga sazovor qadamjolarga, 4393 nafar xodimlar hamda ularning oila a’zolarini tarixiy shaharlarga sayohatlari tashkil etildi.
“Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiori ostida ichki turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 2024 yilning yanvar-iyul oylari davomida 852 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari Xorazm viloyatiga 3 kunlik, 299 nafar ishchi-xodimlar va ularning oila a’zolari Toshkent shahriga 2 kunlik bepul sayohatga yuborildi.
Joriy yilning yakuniga qadar Xorazm viloyatiga 900 nafar, Toshkent shahriga 250 nafar ishchi xodimlar va ularning oila a’zolari sayohatini uyushtirish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda oromgohlarda bolalarni sog‘lomlashtirish mavsumi davom etmoqda.
Bu yil viloyatimizda yoz mavsumida 16 ta stasionar oromgohlarda 9 610 nafar bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan.
Hozirgi vaqtga qadar 6 685 nafar bolajonlar Yozgi oromgohlarda sog‘lomlashtirildi.
Shuningdek xodimlar va ularning oila a’zolarini sanatoriylarda sog‘lomlashtirish bo‘yicha ham kasaba uyushmalari tomonidan tizimli ishlar bajarilmoqda.
2024 yil davomida 6 ming nafar ishchi-xodimlar va oila a’zolari kasaba uyushma tizimidagi sanatoriylarda sog‘lomlashtirilishi rejalashtirilgan.
Shundan, joriy yilning o‘tgan 6 oy davomida 2620 nafar ishchi-xodimlar va oila a’zolari sog‘lomlashtirildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturi asosida foydalanilgan sanatoriy yo‘llanmalarning 114 tasi mehnat va urush faxriylari, baynalminalchi jangchilar, Chernobilchilar, olis va chekka hududlarda yashovchi farzand talab yosh oila vakillari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishlovchi vakillariga bepul berildi.
2024 yil yakunigacha yana 3380 nafar ishchi xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarning savollariga javob berildi.