BESH MING QADAM HAR KUNGI ODATGA AYLANMOQDA
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi xodimlari piyoda yurish mashg‘ulotlariga sayohat, ziyorat, salomatlik va kayfiyat ruhiyatini singdirmoqda.
Bugun erta tongda viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov boshchiligida barcha xodimlar Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘idan Universitet hiyoboni bo‘ylab “7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan salomatlik uchun 5000 qadam yurish marafoni o‘tkazildi.
Marafon davomida Jismonan chiniqish, sog‘lom bo‘lish uchun badan tarbiya mashqlari bajarildi.
Bu kabi tadbirlar kasaba uyushmalarining kundalik tartibiga aylanmoqda.