FAOLIYAT TAHLILI
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashida navbatdagi ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov olib bordi.
Yig‘ilishda ijroiya qo‘mita a’zolari, viloyat kengashining bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, tuman va shahar kengashlari raislari hamda yirik boshlang‘ich tashkilotlar raislari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida, Tashkilotlarda xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda mehnat munosabatlariga oid normativ-xukukiy hujjatlarga rioya etish sohasidagi ishlarini ahvoli to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda so‘z olgan viloyat kengashi raisi S.Rafikov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami oldidan “Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladigan tadbirlarda kasaba uyushmalarining vazifalari, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarga topshiriq va tavsiyalar berib o‘tdi.
2024 yil 6 oy yakunlari bo‘yicha tarmoq kasaba uyushmalari viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari hamda tuman va shahar kengashlari raislari faoliyatlari tahlil qilinib, ayrim tarmoq kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlari ish uslublari qoniqarsiz ekanliklari ta’kitlandi.
Kun tartibidan o‘rin olgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.