Sayt test rejimida

HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

22-Avgust, 2024-yil

Bugun Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi S.Rafikov va Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Sanaqulovlar Samarqand viloyati hokimligi,  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi hamda, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy  masalalar  bo‘yicha 2023-2025 yillar uchun mintaqaviy jamoa kelishuvidagi masalalar muxokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida xodimlar hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, munosib mehnat qilish shart-sharoitlarini yaratib berish, ish beruvchlar ayollar va yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etishni va imtiyozlar berishni, myehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga rioya etilish kabi masalalar muxokama qilindi.

Shuningdek,  kasaba uyushmalariga a’zo bo‘lishning afzallik hamda imtiyozlarini keng targ‘ib qilish masalalari belgilab olindi.

Uchrashuv jarayonida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi S.Rafikov Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida B.Sanaqulov taynilanganligi munosabati bilan tabriklab kelgusi ishlarida zafarlar tilab katoblar jamlanmasi topshirdi.  




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech