HASHAR ELGA YARASHAR
Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi Suxrob Rafikov boshchilik viloyat kengashi apparati, tarmoq va shahar kengashlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.
Xodimlar hasharda bino atrofini obodonlashtirilib, atrof supurib-sidirildi, chang g‘uborlardan tozalandi.
Yurtning obod bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan kasaba uyushma xodimlari ayni damda hasharni davom ettirmoqdalar. Bugun chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekanini yana bir karra namoyon etmoqda.