Sayt test rejimida

HASHAR ELGA YARASHAR

16-Mart, 2024-yil

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi  raisi Suxrob Rafikov boshchilik viloyat kengashi apparati, tarmoq va shahar kengashlarida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar  ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.

Xodimlar  hasharda bino atrofini obodonlashtirilib, atrof supurib-sidirildi, chang g‘uborlardan tozalandi.

Yurtning obod bo‘lishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishni insoniy burchi deb bilgan kasaba uyushma xodimlari ayni damda hasharni  davom ettirmoqdalar. Bugun  chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik,  ahillik va hamjihatligimiz  ramzi ekanini   yana bir  karra namoyon etmoqda.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech