Hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tizimidagi Sanepid qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining 5 yillik faoliyati hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya ishida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Akbar Abdusaidov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi raisi Jo‘shqin Ochilovlar ishtirok etishdi.
Sanepid qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasida o‘tkazilgan hisobot-saylov konferensiyasida avvalo birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining amaldagi raisi Sh.Sharipova va taftish komissiyasining raisi Sh.Hakimovlarning besh yillik hisobotlari tinglandi va konferensiya delegatlari tomonidan ularning hisobotlari “qoniqarli” deb, baholandi.
Hisobotlar yakunlangandan keyin navbat saylovlarga keldi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi majlisining 2024 yil 25-dekabrdagi 14-3 sonli qarori bilan tasdiqlangan hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, Sanepid qo‘mitaning Samarqand viloyat boshqarmasi birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasida kasaba uyushma qo‘mitasi raisining saylovi “yopiq” ovoz berish yo‘li orqali amalga oshirildi.
Saylovda ishtirok etgan delegatlarning 39 nafaridan 37 nafari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining amaldagi raisi Sh.Sharipovani kelgusi besh yillikka qaytadan saylashdi. Shu bilan birga birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi besh kishidan iborat qilib va qo‘mitaning taftish komissiyasi tarkibi uch kishidan iborat qilib yangi tarkibda saylab olindi.
Konferensiyada so‘zga chiqqanlar xodimlarning ijtimoiy iqtisodiy manfaatlarini g‘imoya qilishda kasaba uyushmalari o‘rni va roli to‘g‘risida fikr yuritdi.