Ijtimoiy tarmoqlarda (@faktvafikr2021 Telegram kanalida) “O‘zbek amaldorining duosi” nomli video tarqaldi.
 
                          M U N O S A B A T
Ijtimoiy tarmoqlarda (@faktvafikr2021 Telegram kanalida) “O‘zbek amaldorining duosi” nomli video tarqaldi. Mazkur video joriy yilning 11-sentabr kuni Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi prezidenti, taniqli tadbirkor Lev Levaev tashrifi davomida olingan.
       Hurmatli ijtimoiy tarmoq faollari, Samarqanddagi mazkur sinagoganing buzilgan binosi ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan yodgorlik hisoblanmaydi.
  
       Eski sinagoga binosi avariya holatida bo‘lganligi, ya’ni u tashrif buyuruvchilar hayoti uchun xavf tug‘dirgani sababli, tegishli mutasaddi tashkilotlarning xulosasi olinib buzilgan va o‘rnida zamonaviy sharoitlarga ega sinagoga, muzey, mehmonxonani jamlagan yangi sinagoga barpo etilishi rejalashtirilgan.
Yangi barpo etilayotgan markaz tamal toshini qo‘yish marosimida Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi prezidenti L. Levaev bilan uning yoshlikdagi do‘sti, mahalladoshi, bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi Suxrob Rafiqov qatnashgan.
S.Rafiqov ushbu tadbirga rasmiy amaldor sifatida emas, balki mehmonning do‘sti va fuqaro sifatida ishtirok etgan.
Mazkur tadbirdagi holat va S. Rafiqovning so‘zlari ijtimoiy tarmoqlarda turlicha talqin qilinmoqda.
      Ushbu holatning turlicha talqin etilishi dinlararo hamda konfessiyalararo nizolarga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, bunday mazmundagi materiallarni tarqatmasliklaringizni so‘raymiz.
 
O‘zbekiston kasaba  uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi axborot xizmati.
 
                             
 
