Ishtixonda Navro‘z shodiyonalari o‘tkazildi

Ishtixon tumanining qir-adirida Navro‘z umumxalq bayrami nishonlandi.
Bayram munosabati bilan xalq an’analariga xos rang-barang tadbirlar tashkil etildi. Milliy qo‘shiq va raqslar, xalq o‘yinlari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari sayil ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, milliy sport turlari, xususan, ko‘pkari, uloq musobaqalari ham o‘tkazilib, zavqli lahzalari bilan muxlislarni jalb qildi.
Navro‘z bayramida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ishtixon tuman bo‘linmasi xodimlari ham ishtirok etib, bayram tadbirida faol ishtirok etgan tuman maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.