Jamoa shartnomalari bajarilishi muhokama etildi

Samarqand viloyatida bugun tarmoq kasaba uyushmalari tizimidagi bugun 28 ta tashkilotlarda jamoa shartnomalarini bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan mehnat jamoalarining umumiy yig‘ilish (konferensiya)larining bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyatida fevral oyida jami 1268 ta boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida jamoa shartnomalarini bajarilishi yakunlariga bag‘ishlangan mehnat jamoalarining umumiy yig‘ilish (konferensiya)lariningbo‘lib o‘tilishi ko‘zda tutilgan.
Bugun viloyat bo‘yicha 28 ta jumladan 2025 yil 3 fevral kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi kengashi tizimidagi Prezident maktabida ma’muriyat va kasaba uyushmasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasini 2024 yilda bajarilishi va 2025 yil uchun qo‘shimchalar kiritish umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Prezident maktabi ijrochi direktori F.Boltayev va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi M.Umrzoqovning 2024-yilda jamoa shartnomasini bajarilishi bo‘yicha hisoboti tingladi. Jamoa shartnomasini bajarilishini nazorat qilib boruvchi komissiyaning dalolatnomasi tasdiqlandi.
Yig‘ilish qarori bilan jamoa shartnomasining 2024-yil ijrosi qoniqarli deb baxolandi.