Sayt test rejimida

KAMALAKDA QAYNAAYDI HAYOT

3-Iyul, 2024-yil

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Payariq tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan "Kamalak jilosi"  Bolalarni  sog‘lomlashtirish oromgohida ta’lim xodimlari farzandlari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Qiziqarli o‘tgan musobaqa g‘oliblariga kitoblar jamlanmasidan iborat esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Bundan tashqari qiziqarli viktorina savollariga javob bergan zukko oromgoh tarbiyalanuvchilari hamda ta’lim muassasalaridan kelib oromgohda xizmat ko‘rsatayotgan tarbiyachi va ishchi xodimlarga ham esdalik sovg‘alari berildi.

Tuman bo‘linmasi kengashi raisi Abdujabborxon Narzullayev bolajonlarga yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishib tegishli mulohazalarini bildirdi.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech