Sayt test rejimida

Kasaba ushmalari tomonidan xodimlarni sog‘lomlashtirish ko‘lami oshmoqda

20-Sentabr, 2024-yil

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlar doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan ham mehnatkashlarni sog‘lomlashtirish va dam olishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida ijtimoiy sug‘urta va kasaba uyushmalari byudjeti hisobidan 4300 nafar ishchi xodimlar va ularning oila a’zolari Respublikamizning turli hududlaridagi o‘ttizdan ortiq sanatoriylarda dam olib o‘z sog‘ligini tikladi.

Shundan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturi asosida foydalanilgan sanatoriy yo‘llanmalarning 198 tasi mehnat va urush faxriylari, baynalminalchi jangchilar, Chernobilchilar, olis va chekka hududlarda yashovchi farzand talab yosh oila vakillari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishlovchi vakillariga bepul berildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan aholimizning salomatligini yaxshilash maqsadida, Sirdaryo viloyatida “Yangiyer”, Surxondaryo viloyatida “Xo‘jai Pok” va “Sangardak”, Toshkent viloyatida “Zarkent”, “Ko‘hinur”, “Oqtosh-shaboda”, Toshkent shahrida “Chinobod-Plaza”, xorazm viloyatida “Xonqa” va viloyatimizdagi “Abu Ali Ibn Sino” sanatoriylari yangidan qurilib foydalanishga topshirildi va bu dam oluvchilar ko‘lamini yanada oshishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, kasaba uyushma tizimidagi barcha sanatoriylar qaytadan rekonstruksiya qilinib, zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.

Sanatoriylarda sog‘ligini tiklab, dam olish uchun yo‘llanma to‘lovlari 2 xil tartibda:

1.Bepul (to‘lovsiz) - mehnat va urush faxriylari, baynalminalchi jangchilar, Chernobilchilar, olis va chekka hududlarda yashovchi farzand talab yosh oila vakillari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning ishlovchi vakillari bepul dam olishi mumkin.

2.Imtiyozli (45% to‘lovli) to‘lov - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2013 yil 26 yanvardagi 9-24 sonli qaror bilan tasdiqlangan Yo‘riqnomaga asosan ishchi-xodimlar va ularning oila-a’zolari imtiyozli ravishda, ya’ni yo‘llanma qiymatining (45%) to‘lovini to‘lab kasaba uyushmalari tizimidagi turli sanatoriylarda dam olishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, sanatoriy yo‘llanmasidan foydalanuvchi xodimdan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- ariza;

- tibbiy ma’lumotnoma;

- pasport nusxasi;

- mehnat ta’tili berilganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;

yo‘llanma qiymati to‘liq yoki qisman to‘langani to‘g‘risidagi to‘lov qog‘ozi.

Ishchi-xodimlarning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Yo‘llanma xodimning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandlari)ga berilganda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar (tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi) va turmush o‘rtog‘iga berilganda (nikoh guvohnomasi va pasport nusxalari) taqdim qilinishi talab etiladi. Mazkur holatda xodimning mehnat ta’tiliga chiqkanligi to‘g‘risidagi hujjat talab etilmaydi.

Ishchi va xodimlar kasaba uyushma yoki ijtimoiy sug‘urta byudjeti mablag‘lari hisobidan yo‘llanma olishidan qat’iy nazar, unga ikki yilda bir marotaba sanatoriy yo‘llanma berilishi belgilab qo‘yilgan.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech