Kasaba uyushmalari harakatiga 120 yil

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan Kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubiley bayrami munosabati bilan Samarqand viloyat Iqtisodiyot va Moliya boshqarmasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov, Iqtisodiyot va Moliya boshqarmasi boshlig‘i Botir Mirzaevlar ishtirok etib O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik tarixi va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida bir qator xotin-qizlarga esdalik sovg‘alar hamda Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik bepul sayohatga yuborish sertifikatlari taqdim etildi.