Sayt test rejimida

Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

12-Mart, 2025-yil

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashida viloyat prokurori o‘rinbosari Alisher Zokirov, viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikovlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda davlat va jamoat tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda xizmat faoliyatida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, har bir rahbar va mas’ul shaxsning shaxsiy javobgarligiga alohida urg‘u berildi.

Viloyat prokurori o‘rinbosari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish va bu sohadagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilishi ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining muhim omili ekani, bu borada qat’iy choralar ko‘rilishi lozimligi  tushuntirildi.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech