Sayt test rejimida

MUNOSIB MEHNAT – HAR BIR XODIM UCHUN

13-Noyabr, 2024-yil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali majlislar zalida 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.


Kasaba uyushmalari tizimida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari o‘n kunligi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirni filial Kasaba uyushma qo‘mita raisi Komil Oqilov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda bugungi tadbirning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


Shundan so‘ng O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari Zuhra Mamatqulova hamda Bekzod Nurbekovlar Prezidentimiz rahbarligida kasaba uyushmalari xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilayotganligi xususida so‘z yuritdi.


Shuningdek, mas’ullar xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratish, ish jarayonida samarali mehnat faoliyati olib borishlari uchun uning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi. Ushbu tadbir nihoyatda foydali va samarali bo‘lgani hamda uning xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasidagi ishlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.


Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech