Sayt test rejimida

MUNOSIB MEHNAT – RAG‘BATLANTIRILDI

20-Noyabr, 2024-yil

Tarmoq kasaba uyushmalari Samarqand shahar kengashida  11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan o‘tgan tadbirlar yakuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov ishtirok etdi.

Kasaba uyushmalari tizimida “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari” doirasida tashkil etilgan tadbirlar sarhisob qilindi.

Tadbirda viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov viloyatimizda mehnat jamoalari a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari hamda 11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bir guruh kasaba uyushmalari faollariga Samarqand viloyat hokimining tashakkurnomasini topshirdi.
 




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech