MUQADDASSAN AYOL
Kasaba uyushmalari tomonidan xotin qizlarimizni turmushi, fikru-o‘yini, orzu - intilishlarini ro‘yobini ta’minlashga qaratilgan turli syohat va tadbirlar tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbirlarni davomi sifatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan viloyatimizdagi tuman va shaharlarda, olis qishloqlarda turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar uchun “MUQADDAS AYOL” nomli sayohat dasturi tashkil etildi.
Mazkur dastur asosida sayohatchilar Samarqand shahrining diqqatga sazovor tarixiy qadamjolarida bo‘lishdi va ziyorat amallarini bajarishdi. Dastur so‘ngida Samarqand shahridagi “LIFE GARDEN” bazmgohida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayramda bir guruh sanatkorlarimiz o‘zlarining kuy qo‘shiqlari bilan tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.