“O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan”
O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” 💳Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. ✅Tadbirda O'zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi Suxrob Rafikov, SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzokov hamda Universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi boshlig‘i Baxodir Eshmurodov ishtirok etib, soha xodimlari va faxriylarni samimiy tabrikladilar. ✅Shuningdek, “11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bir guruh faol professor-o‘qituvchilari va ishchi hodimlari hamda ushbu sana munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida o‘rinlarni egallagan xodimlar tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir iliq muhitda, kasaba uyushmalari faoliyatining 120 yillik tarixiga hurmat ruhida o‘tkazildi. 🌐O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi axborot xizmati.