Sayt test rejimida

💳O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan” degan g‘oya asosida Samarqand shahrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

23-Noyabr, 2025-yil

💳O‘zbekiston kasaba uyushmalari 120 yil xalq bilan” degan g‘oya asosida Samarqand shahrida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✅2025 yil 8 noyabr kuni Samarqand shahridagi “Royal Hall” bazmgohida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi hamda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. ✅Bayram tadbirida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev, O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari Nodir Dehqonov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suhprob Rafikov va viloyatdagi kasaba uyushmasi faollari, mehnat faxriylari hamda turli sohalar vakillari ishtirok etdi. ➡️Tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev so‘zga chiqib, kasaba uyushmalari a’zolari va faxriylarni bayram bilan tabrikladi. Viloyat rahbari inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish ijtimoiy davlatning eng muhim tamoyillaridan biri ekanligini ta’kidladi. 🌐O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi axborot xizmati.
 




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech