O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni”
💳7-noyabr kuni Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi va 11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tizimdagi boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirokida madaniy tadbir o‘tkazildi. ✅Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi raisi S. Rafikov ishtirok etib, tizim faxriylarini tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. ✅Shuningdek, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy okrugi Ilmiy tadqiqotlar markazi katta ilmiy xodimi, rezervdagi polkovnik, dotsent Akram Musulmanov kasaba uyushmalari xodimlarini bayram bilan tabriklab, shahar kengashi mutaxassisi J. Suvanovga “Vatan Iftixori” ko‘krak nishonini topshirdi.