Sayt test rejimida

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi hamda 11 noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami

23-Noyabr, 2025-yil

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi hamda 11 noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan Toyloq tumanida “Kasaba uyushmasi” bogʻi tashkil etildi. 💳Joriy yilning 17-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan oʻtkazilgan uchrashuvida, har bir hududda kasaba uyushmalari bogʻi yaratilish boʻyicha bergan topshirigʻi asosida Toyloq tumanining “Bogʻizagʻon” hududida 1 gektar maydonda “Kasaba uyushmasi” bogʻi tashkil etildi. ✔️Kasaba uyushmasi bogʻini tashkil etish tadbirida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi S.Rafikov, tuman hokimi B.Raxmatullayev, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat, tuman kengashlari raislari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. ✔️Mazkur boqqa 700 tup mevali daraxt koʻchatlari ekildi. 🌐O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi axborot xizmati.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech