Sayt test rejimida

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashining Hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.

24-Iyun, 2025-yil

Konferensiya ishida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi F.Xanapiyayev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi S.Rafikov hamda taklif qilingan mehmonlar, hamkor tashkilot  vakillari va quyi tashkilotlardan saylangan delegatlar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati Kengashining 2020 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrdagi  faoliyatini “qoniqarli” deb baholandi hamda taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Hisobot-saylovi muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Samarqand  viloyati Kengashi raisi lavozimiga kelgusi  besh yil muddatga Gʻolib Rustamov saylandi.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech