Sayt test rejimida

Qadimiy va navqiron Samarqandga sayohat

22-Oktabr, 2024-yil

11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand (Jizzax) viloyat hududiy kengashi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida kengash tarkibidagi Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan “BYD Uzbekistan Facrtory” MCHJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 30 nafardan ortiq ishchi va xodimlarining Samarqand shahriga sayohat – ziyoratlari tashkil etildi. 

Sayohatchilarni   viloyat hududiy kengashi raisi O.Mirzayev va tashkiliy ishlar mutaxassisi S.Izzatullayevlar kutib olishdi.

Sayohat “Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi” bilan tanishishdan boshlanib, “Doniyor payg‘ambar maqbarasi”, “Hazrati Xizr majmuasi” va Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qo‘nim topgan majmualar ziyorat qilindi.

Mazali “Samarqand palovi” tushligidan so‘ng, “Registon maydoni”, “Bibixonim ansambli” bilan tanishilib, “Siyob bozori”ga tashrif buyurildi.

Sayohatchilarni Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari va shahardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishtirilib, “Shohi zinda” majmuasini ziyorat qilganlaridan so‘ng, Jizzax shahri tomon kuzatib qo‘yildi.

Shu kuni korxona ishchi xodimlari Samarqand shahriga bir necha bor tashrif buyurgan bo‘lsalarda, shu safargidek sayohat qilmaganliklari, ayniqsa bugungi kunda qo‘shma korxonada mehnat qilayotgan Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan xodimlar Samarqandga uyushtirilgan sayohatdan hamda kengash tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alar uchun juda ham mamnun bo‘lib qaytayotganliklarini bildirishdi.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech