Sayt test rejimida

Rahbar va Yoshlar uchrashuvi

4-Aprel, 2024-yil

Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan talaba yoshlar va yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi Suxrob Rafikov ishtirok etib  yoshlarga qarata Vatanni sevish, tinchlikning qadriga yetish, yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yosh avlod uchun yaratib berilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Ochiq muloqot davomida kasaba uyushmalari faoliyati hamda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

Talaba yoshlar kasaba uyushmalari to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Uchrashuv davomida kasaba uyushmalari tomonidan universitetda faol bo‘lgan bir guruh talaba yoshlar va yosh xodimlarga Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik bepul sayohat sertifikatlari topshirildi.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech