RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Samarqand Agro innovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov yoshlar va yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar moxiyati va kasaba uyushmalari tomonidan ichshi xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.
Kasaba uyushmsi ta’lim muassasasi va kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan yoshlarni moddiy va ma’naviy jixatdan qo‘llab-quvatlash maqsadida kasaba uyushmalari stipendiyasi joriy etilganini va yoshlarga har tomonlama imkoniyat yaratib berilyoatganligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda faol ishtirok etgan yoshlarga kasaba uyushmalari tomonidan xorazm viloyatiga uch kunlik bepul sayohat sertifikatlari taqdim etildi.