Rahbar va Yoshlar uchrashuvi
11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan talaba yoshlar va yosh xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi raisi Suxrob Rafikov hamda Universitet rektori Chidem Janbay Turkyilmaz ishtirok etib yoshlarga qarata vatanni sevish, tinchlikning qadriga yetish, yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda yosh avlod uchun yaratib berilayotgan sharoitlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida kasaba uyushmalari faoliyati hamda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha ham so‘z yuritildi.
Talaba yoshlar kasaba uyushmalari to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
Kasaba uyushmalari tomonidan universitetda faol bo‘lgan bir guruh talaba yoshlar va yosh xodimlarga Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan uch kunlik bepul sayohat sertifikatlari va kitoblar topshirildi.