Sayt test rejimida

“Samarkand Avtomobil Zavodi” MChJ Q.K. kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

26-Mart, 2025-yil

Bugun zavod miqyosida kasaba uyushmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda kasaba uyushmasi raisi Xamdamov Shuhrat Xamrakulovich 2020–2025 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Faoliyati “qoniqarli” deb baholanib, u yana ushbu lavozimga qayta saylandi.

Shuningdek, ish beruvchi vakili sifatida konferensiyada “SamAvto” MChJ Q.K. bosh direktorining texnik masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Husen Samievich Kobilov qatnashdi. U ish beruvchi nomidan hisobot berib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi. Konferensiya davomida kasaba uyushmasi va ish beruvchi o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Yig‘ilish natijalari bo‘yicha:

  • Kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi shakllantirildi.
  • Taftish komissiyasi va uning raisi saylandi.
  • 2025 yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan viloyat konferensiyasiga delegatlar tasdiqlandi.

Konferensiyada mehmon sifatida kasaba uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi:

Ahmadjon Mahmudovich Xaqulov – O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi;

Ilhomjon Ibrohimovich Kamolov – Respublika Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri;

Olimxon Abdusamatovich Mirzaev – tarmoq kasaba uyushmasi Samarqand viloyati Kengashi raisi.

 




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech
Close menu