Samarqand safari taassurotlari boy bo‘ldi

Janubiy Koreya Iqtisodiy, ijtimoiy va mehnat kengashi raisi Gi-seob Kvon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqandga keldi
Janubiy Koreyalik mehmonlar dastlab Samarqand shahridagi KOICA kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyati bilan tanishdi. So‘ngra markazda ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama sheriklik kelishuv yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi vakillari ishtirok etdi.
Mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazavor joylarni ham tomosha qilishdi.