Sayt test rejimida

Samarqand viloyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Sayyor qabul” va “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

26-Sentabr, 2025-yil

#Sayyor_qabul #Ochiq_eshiklar_kuni 🖥Samarqand viloyatida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Sayyor qabul” va “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu postni rus tilida hamda ingiliz tilida tarjima qilib ber 💻Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” binosida tashkil etilgan ochiq muloqotda ✔️Agrar sanoat, davlat muassasalari, madaniyat, sport va turizm , ta’lim va fan, metallurgiya va mashinasozlik, qurilish xodimlari, tadbirkorlik va biznes xodimlari kasaba uyushmalarining boshlang‘ich tashkilot raislari hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi. ✔️Uchrashuvda kasaba uyushmalari faoliyatini samarali tashkil etish, mehnat qonunchiligidagi yangiliklar hamda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlar va ish beruvchilarning huquq hamda majburiyatlari, kasaba uyushmalarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatiga oid takliflar ko‘rib chiqildi. ✔️Viloyat fizioterapiya va pulminologiya markazi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Nafisa Rahimqulova ta’kidlaganidek, “Sayyor qabul” nafaqat kasaba uyushmalari, balki ijtimoiy sheriklik asosida ishlayotgan tashkilotlar uchun ham foydali bo‘ldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muloqot davomida ko‘plab kamchiliklar ochib berildi va ularning yechimlari haqida batafsil tushuntirish berildi. ➡️Ochiq muloqot yakunida barcha ishtirokchilar uchrashuvdan mamnun bo‘lganliklarini bildirishdi.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech