Samarqandda “Mening onam hamshira” rasmlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Samarqand viloyatida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining tashabbusi bilan, “Mening onam hamshira” rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Viloyatda o‘tkazilgan “Mening onam hamshira” rasmlar tanlovida mingga yaqin nomzodlar ishtirok etishdi va joylarda g‘olib bo‘lgan 23 nafar ishtirokchilar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun 2025 yilning 28-aprel kuni Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining kutubxonasiga jamlanishib, o‘zlarining omadlarini sinab ko‘rishdilar.
Tanlovning viloyat bosqichida ishtirokchilarning mahoratini baholash uchun jyuri hay’atiga Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabining malakali mutaxassisi Alimardon O‘roqboyev taklif etildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra faxrli uchinchi o‘ringa ikki nafar nomzod munosib deb topildi.
Oqdaryo tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamshirasi Murodova Sevaraning qizi O‘ktamova Barchinoy hamda Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi muolaja hamshirasi Mamarajabova Xusniyaning qizi Gʻofurova Chamanlar egalladi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra faxrli ikkinchi o‘rinni viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar stomotologiya poliklinikasi davolash bo‘limi hamshirasi Turdiyeva Muborakning qizi Ziyadova Madina egalladi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Maslahat-tashxislash markazi katta hamshirasi Onorboyeva Shaxloning qizi Abdukaxarova Shaxrizoda Damirovna egalladi.