Samarqandda ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi

Mustaqilligimizning 34 yilligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan Samarqand shahri Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida “Salomatlik sari” shiori ostida ommaviy yurish marafoni o‘tkazildi.
Marafon avvalida bu kabi sport tadbirlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish hamda xodimlar va ularning oila a’zolari salomatligini mustahkamlashga qaratilgani ta’kidlandi.
Tadbirda turli tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilari, faxriylar, tibbiyot muassasalari xodimlari hamda yoshlar faol ishtirok etdi.
Belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yurish amalga oshirilib, ommaviy badantarbiya mashqlari bajarildi.