Sayohat

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qiling!" turizm loyihasi orqali 50 nafar turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar Xorazm viloyatiga 3 kunlik sayohatga yuborildi.
Ishchi-xodimlarning ichki turizm orqali maroqli dam olishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan sayoxatda yurtdoshlarimiz Xorazm viloyatining diqqatga sazovar qadamjolari bilan yaqindan tanishadilar va maroqli dam oladilar.