“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim”
“Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida, umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlari o‘rtasida, “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbeksiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi, viloyat Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi, viloyat Sport boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining Samarqand viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqa ishtirokchilari sportning voleybol, mini futbol, shaxmat, shashka va stol tennisi kabi turlari bo‘yicha o‘zaro bahslarda bellashadilar.