Sog‘lomlashtirish salmog‘i oshmoqda
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlar doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan ham mehnatkashlarni sog‘lomlashtirish va dam olishini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilning birinchi choragi davomida ijtimoiy sug‘urta byudjeti hisobidan 560 nafar ishchi xodimlar Respublikamizning turli hududlaridagi o‘ttizdan ortiq sanatoriylarda dam olib o‘z sog‘ligini tikladi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1.18 foizga oshgan.
Ushbu yo‘llanmalarni taqsimotida ishchi-xodimlarning talabidan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 190 nafar, Axborot texnologiyalari va ommaviy komunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 10 nafar, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 72 nafar, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 4 nafar, Metalurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 3 nafar, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 88 nafar, Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 16 nafar, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan 151 nafar, Transport, yo‘l va kapital kurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi 26 nafar ishchi-xodimlar sog‘lomlashtirildi.