Sport Salomatlik Garovi
Kasaba uyushmalari tomonidan korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini rivojlantirish bo‘yicha sport tadbirlari muntazam ravishda o`tkazilib kelinmoqda.
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan "Yoshlar va Bizensni qo‘llab-quvvatlash yili" da korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan yosh xodimlar o‘rtasida sprortning mini futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) turlari bo‘yicha sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov ishtirok etib sportchilarni bayram bilan tabrikladi. Barcha ishtirokchilarga g‘olib va sovrindor bo‘lishlari uchun omad tiladi.
Ma’lumot uchun: Ushbu sport tadbirlarining tuman, shahar bosqichlarida sportning mini futbol turi bo`yicha jami 440 ta jamoa, 3762 ta ishtirokchilar, sportning voleybol turi bo`yicha jami 309 ta jamoa, 2521 ta ishtirokchilar musobaqalarda qatnashdi.
Bugun ushbu sport tadbirining viloyat bosqichida tuman shaharlardan, sportning mini futbol turi bo`yicha 15 ta jamoa, 150 nafar ishtirokchi, sportning voleybol turi bo`yicha 14 ta jamoa, 126 nafar ishtirokchi musobsqalarda qatnashdi.
Natijalarga ko‘ra Ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo`yicha 1- o‘rin Toyloq tuman jamoasi, 2- o‘rin Paxtachi tumani jamoasi, 3- o‘rin Samarqand shahar jamoalariga nasib etdi.
G‘olib jamoalarga kasaba uyushmalarining esdalik uchun diplom va sovg‘alari topshirildi.