Sayt test rejimida

SPORT SOGʻLIK GAROVI

20-Avgust, 2024-yil

Samarqand shahridagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport maydonlarida Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari Samarqand, Jizzax viloyat kengashi tizimidagi Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida “O‘zmetmashsanoat” tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining V-Tarmoq spartakiadasi”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Spartakiadani tarmoq kasaba uyushmasi viloyat kengashi raisi O.Mirzayev va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi sport boshqarmasi Samarqand viloyat mas’ul tashkilotchisi B.Turobovlar ochib, ishtirokchilarga omad tilagan holda musobaqalarga start berildi.

“Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ QK, “Elxolding” IICHK, “UZ TRUCK AND BUS MOTORS”  MCHJ  QK va “Uz Avto Trailer” MCHJlar xodimlari ishtirok etgan sport turlarini 1-sonli sport maktabi mutaxassislari boshqarib, hakamlik qilishdi.

Qiziqarli va murosalarga boy o‘tgan musobaqalar yakunida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni “UZ TRUCK AND BUS MOTORS”  MCHJ  QKsi, 2-o‘rinni “Elxolding” IICHKsi va 1-o‘rinni “Samarqand avtomobil zavodi” MCHJ QKsi jamoalari egallashdi.

Musobaqalar yakunida faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilar, jamoalar, murabbiy va hakamlar diplom va qimmatbaho soqg‘alar bilan taqdirlanib, 1-o‘rinni egallagan g‘oliblarga Respublika bosqichidagi ishtiroklariga muvofaqqiyatlar tilandi.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech