Tahlil-samaradorlikka yetaklaydi
Bugun O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan tizimdagi barcha boshlang‘ich tashkilotlari raislari, hisobchilari va mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar kun tartibida 2025 yilda o‘tadigan hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik ko‘rish, jamoa shartnomalariga kiritilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish, davlat dasturi tadbirlarining ijrosi, mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar, ishlovchi xodimlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish ahvoli, kasaba uyushma qo‘mitasi smetasida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi kabi masalalar viloyat kengashining mutasaddi xodimlari tomonidan batafsil yoritib berildi.
Seminar davomida shuningdek, joriy vazifalarning ijrosi yuzasidan amalga oshirililayotgan ishlar ahvoli ham tahlil qilinib, seminar ishtirokchilariga kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Seminar davomida tizimdagi boshlang‘ich tashkilotlar raislari va mehnatni muxofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.