Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida ma’rifat soati tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi faollar zalida tashkil etilgan shunday tadbir

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida ma’rifat soati tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi faollar zalida tashkil etilgan shunday tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi S.Rafiqov, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari N.Dehqonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Baymurodov, shuningdek, viloyat Kengashi apparati xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, viloyat kengashi, birlashgan qo‘mitalari hamda shahar, tuman kengashlari raislari qatnashdi. ✅Tadbirda so‘zga chiqqanlar tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami bilan qutlab, Mustaqillk millat uchun, xalq uchun eng katta baxt va erkinlik ramzi ekanligi, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risida va bu kabi tadbirlarni o‘tkazish kerakligini hamda tadbirlarda kasaba uyushmalari faol ishtirok etishini ta’kidladi. 🖥Shuningdek, ochiq muloqot tarzida kechgan tadbirda barcha tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, viloyat kengashi, birlashgan qo‘mitalari hamda shahar, tuman kengashlari raislari tomonidan joylarda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida ma’rifat soatlari tadbirlarini o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi.