Sayt test rejimida

Viloyatda xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida vazifalar belgilab olindi.

9-Aprel, 2025-yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyati kengashi hamda  Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda  Pastdarg‘om tumanida kengytirilgan yig‘ilish va seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Samarqand viloyatiga biriktirilgan vakil Nodir Dehqonov, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebo Saidova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikovlar  va “Ayollar daftari”ning 6-bosqichi bo‘yicha viloyat komissiyasi a’zolari, tuman va shahar oila va xotin qizlar bo‘limlari, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari boshliqlari ishtirok etishdi.

So‘zga chiqqan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-103-son qarori, “Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishining 1-sonli bayoni” ijrosini ta’minlash borasida viloyatda xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari Zebo Saidova tegishli boshqarmalar, viloyatdagi tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, barcha tuman va shahar hokim o‘rinbosarlariga hamda tijorat banklari rahbarlariga xotin-qizlar iqtisodiy faolligini oshirish va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar va ko‘rsatmalar berdi.

 

 




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech