Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi delegatsiyasi aʼzolari Samarqand shahriga keldi
Samarqand temir yoʻl vokzalida mehmonlarni kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov va masʼullar kutib oldi.
Delegatsiya aʼzolari dastlab “SamAUTO” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻldi. Korxonada boshlangʻich kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.